Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 179777
Gallery image 179778
Gallery image 179779
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
08 Iyun 2026
14:25

#deputatlik_faoliyati

📈 Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va pirovardida oilalar daromadini oshirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi hudud deputati M.To'laboyeva, kotibyat mudiri K.Umarboyev hamda mahalla yetilligi tomonidan #hokim_yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari bilan tanishishdi.

O‘rganish jarayonida:

🔍 Har bir xonadonning imkoniyatlari tahlil qilindi;

✅ Tomorqadan unumli foydalanish va kichik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan oilalar tajribasi ko‘zdan kechirildi;

💼 Imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishining manzilliligi ko‘rib chiqildi.

Deputatlarimiz hokim yordamchisi tomonidan aholini daromadli mehnatga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, kelgusida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq "yo‘l xaritalari" asosida ishlash yuzasidan tavsiyalar berdilar.