Barcha yangiliklar
IT shaharcha qurilishi deputat nazoratida
Gallery image 179646
Gallery image 179647
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
06 Iyul 2026
12:59

IT shaharcha qurilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov Prezidentimiz hujjatlari va “Yo‘l xaritalari” ijrosi doirasida Sarimoy mahallasida barpo etilgan IT shaharcha obyektini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ–410-son qarori asosida bunyod etilgan mazkur majmua yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, obyektni foydalanishga topshirish Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mahalla yoshlari va aholisi uchun munosib tuhfa bo‘lishi alohida ta’kidlandi. 🇺🇿