Barcha yangiliklar





KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
06 Iyul 2026
12:55
Mahalla rivoji va hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi kotibiyati mudiri X. Sultonov hamda Kengash huzuridagi “Ekspert” guruhi mas’ul kotibi P. Rahmanov bilan hamkorlikda “Muhabbat” mahallasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Muhokama davomida mahallani obodonlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, “Hayotni tanla” aksiyasi doirasida giyohvandlikka qarshi kurashish, profilaktik tadbirlarni deputatlik guruhlari bilan hamkorlikda tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi. 🤝