Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 179626
Gallery image 179627
Gallery image 179628
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
25 May 2026
12:51

#deputatlik_faoliyati

📍 Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Raqamli transformatsiya” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda iqtisodchi olim, davlat arbobi, pedagog, iqtisod fanlari doktori va professor Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda shahar deputatlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida:
✅ zamonaviy texnologiyalar
✅ sun’iy intellekt
✅ raqamli ta’lim
✅ kelajak kasblari
✅ innovatsion fikrlash

mavzularida qiziqarli fikrlar, tajribalar va foydali tavsiyalar bildirildi.

Begalov Bahodir Abdusalomovich 2017–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan bo‘lib, iqtisodiyot va raqamlashtirish yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy tajribalari bilan o‘quvchi-yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi.

Tadbir 57-maktab o'quvchilarening yoshlarning raqamli tafakkurini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy tajriba almashish uchun muhim platformaga aylandi.