Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
06 Iyul 2026
12:48
🎯 "Payshanba – Yoshlar kuni" tadbirlari tahlil qilindi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari J. Baxtiyorov va S. Tursunov iyun oyida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarni tahlil qilib, iyul oyidagi tadbirlarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan takliflar ishlab chiqdilar.
Tahliliy ma’lumotlar tuman hokimining ijtimoiy soha bo‘yicha o‘rinbosari Z. Ruzmetov boshchiligidagi ishchi komissiyaga taqdim etildi. Shuningdek, loyiha doirasida “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolarining faolligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. 🤝