Barcha yangiliklar







KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
06 Iyul 2026
12:34
9-son maktab ta’miri deputat nazoratida
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – Kengash kotibiyati mudiri X. Sultonov davlat dasturlari doirasida 9-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida tom qoplamasi, pol qoplamasi va obodonlashtirish ishlarida ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan pudratchi tashkilotga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 🤝