Barcha yangiliklar
Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 179513
Gallery image 179514
Gallery image 179515
Gallery image 179516
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
06 Iyul 2026
11:53

Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yoshlar parlamenti guruhi a’zolari Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Kalonov Muxiddin Bahriddinovich bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar tashabbuslari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir doirasida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy loyihalarga keng jalb etish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.