Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 20704
Gallery image 20705
Gallery image 20706
Gallery image 20707
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
11 Dek 2024
12:06

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Bugun 11-dekabr kuni Termiz shahridagi “Alisher Navoiy” mahallalasida viloyat Kengashi deputati S.Nazarova va xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari M.Sidiqova hamda A.Ashurovlar ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.