Barcha yangiliklar
#Deputatlik_faoliyati
Gallery image 179383
Gallery image 179384
Gallery image 179385
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
08 May 2026
10:43

#Deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlar
Aholining murojaatlari bilan samarali ishlash maqsadida Nurafshon shahar Kengashi deputati, shu bilan birgalikda Madad NNT xodimi N.Niyozov Nurafshon shahar Mahalla uyishmasi bo'limi bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida murojaatchilarning ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid muammolari tinglandi hamda har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ijrosini nazoratga olish tartibi belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosiy maqsad etib belgilandi.