Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.
Gallery image 179374
Gallery image 179375
Gallery image 179376
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
06 Iyul 2026
10:37

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov dzyudo maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashilib, ularning sport sohasidagi yutuqlari va mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishildi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportchilar uchun yozgi oromgohda dam olishlari tashkil etildi. Shuningdek, ularning sport bilan yanada chuqurroq va samarali shug‘ullanishlari uchun zarur homiylik yordami ko‘rsatildi.

Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yuksak natijalarga erishishga rag‘batlantirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.