Barcha yangiliklar
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
Gallery image 179348
Gallery image 179349
Gallery image 179350
Gallery image 179351
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
01 Iyul 2026
00:00

Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Shokirova Bunyodkor mahallasida bo‘lib, hudud profilaktika inspektori faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek, "qizil" va "sariq" toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish hamda bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan mavjud holat tahlil qilinib, aholi xavfsizligini yanada mustahkamlash va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.
✨ Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot va farovon kelajakning mustahkam poydevori!