Barcha yangiliklar
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi”
Gallery image 20679
Gallery image 20680
Gallery image 20681
Gallery image 20682
Gallery image 20683
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
10 Dek 2024
11:55

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi”

Joriy yilning 7-dekabr sanasida Termiz shahridagi 9-sonli umumta'lim maktabida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Abramatova tashabbusi bilan, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda 9-sonli umumta'lim maktabining o‘quvchilari Konstitutsiyamizning moddalari bilan tanishtirildi hamda bir guruh iqtidorli o‘quvchilar, Bosh Qomusimizdagi moddalarni sharhlab, mustaqillik va vatan haqida she'rlar, qo’shiqlarni ijro etishdi.