Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan yoshlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi
Gallery image 179307
Gallery image 179308
Gallery image 179309
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
06 Iyul 2026
10:21

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan yoshlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi

🏛 Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga o‘quv qurollari va jihozlar topshirildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi va qat’iy nazorati ostida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.
Ehtiyojmand oilalar farzandlarining sifatli ta’lim olishlari hamda qulay shart-sharoitlarda bilim egallashlarini ta’minlash maqsadida ularga zarur o‘quv qurollari va maxsus stol-stul jamlanmalari topshirildi.
Aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun munosib sharoit yaratish borasidagi bu kabi tizimli ishlar tuman Kengashi raisi hamda deputatlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.