Barcha yangiliklar
9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
Gallery image 20674
Gallery image 20675
Gallery image 20676
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
07 Dek 2024
11:52

9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”

Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.

Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta'lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e'tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e'tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e'lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 9-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Xolmuminov tashabbusi bilan TerDU talabalari ishtrokida davra suhbati o'tkazildi.