Barcha yangiliklar
Aholi manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!
Gallery image 179269
Gallery image 179270
Gallery image 179271
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
06 Iyul 2026
10:16

Aholi manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!

Aholi manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Anorboyev tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha mahalla aholisi, ayniqsa bolalar, keksalar va piyodalarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Qurilish ishlari belgilangan reja asosida sifatli tarzda amalga oshirilmoqda.
Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi bunday amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.
Inson qadri va aholi manfaati — eng ustuvor maqsadimiz!