Barcha yangiliklar
#Mahallalardagi sport inshootlari
Gallery image 179244
Gallery image 179245
Gallery image 179246
Gallery image 179247
Gallery image 179248
Gallery image 179249
Gallery image 179250
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
04 May 2026
10:05

#Mahallalardagi sport inshootlari

⚽️ #Mahallalardagi sport inshootlari: Mavjud holat va imkoniyatlar tahlil qilindi.

Nurafshon shahrida aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar doimiy nazoratda.

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Tursunbayev, deputat D.Safarova hamda Yoshlar maslahati guruhi rahbari I.Omanboyev tomonidan mahallalardagi sport ob’ektlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Sport inshootlarining aholi va bolalar uchun ochiqligi va xavfsizligi;
🔹 Mavjud sport anjomlarining yaroqlilik darajasi va saqlanish holati;
🔹 Sport maydonchalarining tungi yoritish tizimlari va tozaligi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’naviy eshirgan sport maydonchalarini ta’mirlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.