Barcha yangiliklar
“Konstitutsiya –taraqqiyotimiz asosi”
Gallery image 20656
Gallery image 20657
Gallery image 20658
Gallery image 20659
Gallery image 20660
Gallery image 20661
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
07 Dek 2024
11:48

“Konstitutsiya –taraqqiyotimiz asosi”

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida “Konstitutsiya –taraqqiyotimiz asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari U.Xo‘jaqulov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgarish va yangilanishlar kiritilgani xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligini ta’minlashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etishini bildirdi. 

Muloqot davomida, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati M.Sidiqova tadbir qatnashchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 76-moddasida an’anaviy oila va nikoh munosabatlarini saqlash eng ustuvor masala sifatida belgilanligi xususida ma’lumotlar berdi.