Barcha yangiliklar
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi
Gallery image 179204
Gallery image 179205
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
03 Iyul 2026
00:00

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi

Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat D.Xoliqovaga biriktirilgan tashkiloti O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qiziriq tumani bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahallalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, deputatlik faoliyati doirasida amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni shakllantirish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni tahlil qilish hamda ularni navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilish yuzasidan tegishli ma'lumotlar umumlashtirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram