Barcha yangiliklar

MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
06 Iyul 2026
09:47
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
🥇 1-o‘rin — Gaybullayev Fazliddin (98,4 ball)
🥈 2-o‘rin — Hosilova Muborak (94,8 ball)
🥉 3-o‘rin — Pardayev Olim (94,2 ball)
Shuningdek, reytingning yuqori pog‘onalaridan Baxodir Raxmanov, Nosir Bagirov, Abdullo Yusupov, Baxtigul Asrorova, Nafisa Xaydarova, Komiljon Davronov va Anjelika Saradjanova ham o‘rin oldi.
Mazkur reyting deputatlarning xalq manfaatlarini himoya qilish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligini aks ettiradi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari bundan buyon ham aholi farovonligini oshirish va hududlarni rivojlantirish yo‘lida faoliyatlarini izchil davom ettiradilar.