Barcha yangiliklar
OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 179163
BOSIMOV SARDOR ZOKIR O‘G‘LI
06 Iyul 2026
09:30

OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI

OQOLTIN MAHALLASIDA BANDLIK DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI

🏛  Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri H.Amanbayeva  tomonidan Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
24-tavsiyanomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Oqoltin” mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📌 O‘rganish davomida hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

💼 Shuningdek, bandlik dasturlari asosida fuqarolarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, mikroloyihalar orqali tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar va subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash ishlari natijadorligi ko‘rib chiqildi.