Barcha yangiliklar
Baxshitepa mahallasidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi
Gallery image 179123
Gallery image 179124
Gallery image 179125
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
13 May 2026
21:15

Baxshitepa mahallasidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev tomonidan Baxshitepa mahallasida joylashgan Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ayniqsa yoshlar hamda maktab o‘quvchilarining axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kutubxonachilar va mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, sohani yanada rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar tinglandi.
O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini takomillashtirish, kitob fondini boyitish, zamonaviy axborot-resurslari bilan ta’minlash hamda aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook