Barcha yangiliklar
Guldor aya Samatovaga ehtirom ko‘rsatildi
Gallery image 179108
Gallery image 179109
Gallery image 179110
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
10 May 2026
21:03

Guldor aya Samatovaga ehtirom ko‘rsatildi

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tegishli idora va tashkilotlar vakillari hamda nuroniylar ishtirokida tumandagi faxriy nuroniy Guldor aya Samatova xonadonida bo‘ldi.

Tashrif davomida Guldor aya bilan samimiy suhbat qurilib, uning hayot yo‘li, ko‘p yillik mehnati va mahalla ahli orasidagi hurmat-e’tibori alohida e’tirof etildi. Nuroniyga bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirilib, mustahkam sog‘lik, xonadoniga fayzu baraka va uzoq umr tilandi.

Guldor aya esa o‘z navbatida yurtimizda nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun ekanini bildirib, tinchlik va farovonlik doimo xalqimizga yor bo‘lishini tiladi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook