Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Gallery image 179086
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
04 Iyul 2026
18:30

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan kuni kecha saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Marg‘ilon shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yubordi.

Unda Togʻliq mahalla Serquyosh koʻchasidagi elektr taʼminoti bilan bogʻliq ishlar kechikayotgani, ishlarning yakunlanish muddati hamda hududda elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish soʻraldi.

Mazkur masala deputat nazoratida.