Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 178850
Gallery image 178851
Gallery image 178852
Gallery image 178853
Gallery image 178854
Gallery image 178855
Gallery image 178856
Gallery image 178857
Gallery image 178858
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
21 May 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda mavjud muammolariga yechim topish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov boshchiligida tumandagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etildi. Unda deputat B.Bo'tayev ham ishtirok etdi Samimiy va ochiq ruhda kechgan tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.
Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, ularning bandligi, ta’lim olishi, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi. Shuningdek, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.