Barcha yangiliklar
Investitsiyalar loyihalari amalda
Gallery image 178737
Gallery image 178738
Gallery image 178739
Gallery image 178740
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
03 Iyul 2026
21:24

Investitsiyalar loyihalari amalda

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev mutasaddi tashkilot rahbarlari hamrohligida shahardagi rivojlanayotgan “Farovon-2” dahasida bo‘ldi.

🏢O‘rganish davomida hududda bir qator investorlar tomonidan bunyod etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy bino va inshootlarining qurilish jarayonlarini, investitsiya loyihalarining hayotga tatbiq etilish holatini yaqindan ko‘zdan kechirildi.

💬O‘rganish va muhokama jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🟢Ko‘p qavatli uylarni qurishda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda qurilish materiallarining seysmik bardoshlilik va sifat standartlariga to‘liq javob berishi;

🟢Investorlar tomonidan qurilish ishlarining belgilangan reja-grafik asosida, o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash choralari;

🟢Turar joy majmualarining muhandislik-kommunikatsiya (elektr, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya) tizimiga ulanish loyihalari holati.

💬Muloqot davomida shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev investorlar va quruvchi tashkilot vakillariga uylarning nafaqat tashqi ko‘rinishi (fasadi) zamonaviy bo‘lishi, balki uning mustahkamligi va ichki infratuzilmasi ham aholi uchun qulay qilib loyihalashtirilishi shartligini ta’kidladi.