Barcha yangiliklar
Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh viloyatimizdagi tashrifi davomida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va taʼlim tashabbuslari bilan tanishdi
Gallery image 178728
Gallery image 178729
Gallery image 178730
Gallery image 178731
Gallery image 178732
Gallery image 178733
Gallery image 178734
Gallery image 178735
Gallery image 178736
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
03 Iyul 2026
21:06

Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh viloyatimizdagi tashrifi davomida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va taʼlim tashabbuslari bilan tanishdi

Uchrashuvlar davomida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish, zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻrib chiqildi.

💬Qizlar odob-axloqi maktabida turli yosh toifalari uchun tashkil etilgan oʻquv dasturlari, etiket qoidalari, nutq madaniyati, raqamli muloqot, oila psixologiyasi, mehmonchilik va dasturxon odobi, shuningdek, stressni boshqarish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar bilan tanishildi.

💬Mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning taʼlim jarayoni, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.

💬Shuningdek, IT Park Surxondaryo viloyati filialida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, eksportbop raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda frilans faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi.

💬Yoshlar bilan ochiq muloqot davomida ularning tashabbuslari, innovatsion gʻoyalari va takliflari tinglandi hamda raqamli iqtisodiyotda munosib oʻrin egallashi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi taʼkidlandi.