Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o`rganilmoqda...
Gallery image 20574
Gallery image 20575
Gallery image 20576
XUDOYNAZAROV JUMANAZAR ASAT O‘G‘LI
12 Dek 2024
17:46

Mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o`rganilmoqda...

 Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati Firuza Ostanova joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish maqsadida tumanidagi “Muqimiy” va “Guliston” mahallalari faoliyati bilan tanishdi. 

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mahalla sohasida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani, ayniqsa, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilgani bugun o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi. 

Uchrashuvlar chog‘ida deputat hududdagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlarida ham bo‘lib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi. 

XUDOYNAZAROV JUMANAZAR ASAT O`G`LI - Narpay tumani