Barcha yangiliklar
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 178618
Gallery image 178619
Gallery image 178620
Gallery image 178621
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
03 Iyul 2026
19:20

Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy himoyasi, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, "To‘g‘onboshi" MFY, Bog‘i maydon ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro D.A’zamova moddiy yordamga muhtojligini bildirib, shuningdek, 2008-yilda tug‘ilgan o‘g‘li T.A’zamov O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasportini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi.

Deputat tomonidan murojaat joyida o‘rganilib, fuqaroni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda voyaga yetgan farzandiga biometrik pasportni belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalalarida zarur amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi