Barcha yangiliklar
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz – xalqimiz xohish-istaklari namoyon bo‘lgan tarixiy hujjatdir!
Gallery image 20522
Gallery image 20523
Gallery image 20524
Gallery image 20525
Gallery image 20526
Gallery image 20527
Gallery image 20528
Gallery image 20529
Gallery image 20530
Gallery image 20531
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
06 Dek 2024
17:43

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz – xalqimiz xohish-istaklari namoyon bo‘lgan tarixiy hujjatdir!

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz – xalqimiz xohish-istaklari namoyon bo‘lgan tarixiy hujjatdir!

Termiz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz ikki yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengash raisi Shuhrat Nazarov ishtirok etib, tuman ahlini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tuman deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi qayd etildi.

Tantanali tadbirda tuman madaniyat bo‘limi va musiqa maktabining san’atkorlari, iqtidorli yoshlar ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda raqslar ijro etildi.