Barcha yangiliklar
Marhamat MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
Gallery image 178486
Gallery image 178487
Gallery image 178488
Gallery image 178489
NISHANBEKOVA UMIDA ABDUJABBAROVNA
03 Iyul 2026
18:09

Marhamat MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi

⁉️Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 8-Marhamat okrugi deputati B.Mirzaqulov tomonidan "Marhamat" mahalla fuqarolar yigʻinida fuqarolarning navbatdagi qabuli tashkil etildi.
✔️Samimiy va ochiq muloqot tarzida oʻtgan qabulda aholi tomonidan salomatlikni tiklash va tibbiy xizmat,  ijtimoiy yordam koʻrsatish,  uy-joy ijarasi masalalari va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
✔️Qabul davomida fuqarolarning savollariga batafsil javob berilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimi maʼlum vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi deputat nazoratiga olindi.
✔️Muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan bu kabi qabullar aholi muammolarini joyida va tezkorlik bilan hal etishda muhim koʻprik vazifasini oʻtamoqda.