Barcha yangiliklar







SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
03 Iyul 2026
17:47
Deputat o‘rganuvi natijasida yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
♻️Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-O‘rikzor saylov okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan Zangiota tumani O‘rikzor MFY hududida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallaga kiruvchi asosiy yo‘l — 10V036 “Ulug‘bek qishlog‘i – Yangi turmush qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 0,5 kilometr qismidagi kirish-chiqish yo‘llarini asfaltlash zarurligi aniqlandi.
♻️Fuqarolar murojaati va deputatlik nazorati natijasida mazkur hududda asfaltlash ishlari boshlanmoqda.
♻️Ushbu ishlar mahalla aholisining transport qatnovi qulayligini oshirish, xavfsiz va sifatli yo‘l infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.