Barcha yangiliklar
#Bog‘zorMahallasi #TermizShaharKengashi #PF116 #SessiyaOldiOrganish (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k)  BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 178336
Gallery image 178337
Gallery image 178338
Gallery image 178339
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
03 Iyul 2026
16:53

#Bog‘zorMahallasi #TermizShaharKengashi #PF116 #SessiyaOldiOrganish (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) BOGʻZOR MAHALLASIDA MAHALLA "YeTTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi" doirasida:

🔹 hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari;

🔹 ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, nafaqa va moddiy yordamlarning manzilli tashkil etilganligi;

🔹 xotin-qizlar faolining oilalar bilan ishlash, ayollar bandligi va ijtimoiy himoyasi borasidagi faoliyati;

🔹 yoshlar yetakchisining yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlari joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda hujjatlar o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish natijalari umumlashtirilib, Kengash kotibiyatiga taqdim etiladi hamda navbatdagi sessiya muhokamalari va qabul qilinadigan qarorlarda o‘z aksini topadi.

Joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish, aholi muammolarini eshitish va ularning yechimini Kengash sessiyalari orqali ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.