Barcha yangiliklar
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlar
Gallery image 178302
Gallery image 178304
Gallery image 178306
Gallery image 178308
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
28 Apr 2026
16:48

#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlar

Aholining murojaatlari bilan samarali ishlash maqsadida Nurafshon shahar Kengashi deputati, shu bilan birgalikda Madad NNT xodimi N.Niyozov hamda "Adolat" SDP partiyasi a'zosi kotibiyat mudiri K.Umarboevlar Nurafshon shahar Inson ishtimoiy xizmatlar markazi bo'limi bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida murojaatchilarning ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid muammolari tinglandi hamda har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ijrosini nazoratga olish tartibi belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosiy maqsad etib belgilandi.