Barcha yangiliklar
Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi
Gallery image 178260
Gallery image 178261
Gallery image 178262
Gallery image 178263
Gallery image 178264
Gallery image 178265
Gallery image 178266
Gallery image 178267
Gallery image 178268
Gallery image 178269
Gallery image 178270
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
03 Iyul 2026
16:44

Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy kutubxona faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida kutubxonaning kitoblar fondi, o‘quv zallari, elektron resurslar, kitoblarni saqlash sharoitlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, yangi adabiyotlar bilan fondni boyitish, kitoblarni raqamlashtirish, elektron kutubxona xizmatlarini rivojlantirish va aholiga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺Deputat kutubxona rahbariyati va xodimlari bilan suhbatlashib, kitobxonlar sonini oshirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, maktablar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar va kitobxonlik tanlovlarini muntazam tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.

🔺Kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun qulay muhit yaratish maqsadida kutubxonaning o‘quv xonalarini kengaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. Deputat tomonidan ushbu masala yuzasidan mas’ullar bilan muzokara olib borilishi belgilandi.