Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 178057
Gallery image 178058
Gallery image 178059
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
03 Iyul 2026
15:45

#24_ta_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Bektemirov tomonidan tumandagi madaniyat muassasasi faoliyati 24 ta asosiy masala yuzasidan atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasaning bino-inshootlarining texnik holati, madaniy tadbirlarning tashkil etilishi hamda to‘garak xonalaridan foydalanish samaradorligi kadrlar bilan ta’minlanganlik hamda boshqa dolzarb masalalar tahlil qilindi.
Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy xizmatlar sifatini oshirish va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.