Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 178018
Gallery image 178019
Gallery image 178020
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
03 Iyul 2026
15:36

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Tibbiyot muassasasida uchrashuv va huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Poshxurt oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud muammo va takliflar muhokama qilindi, tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📘 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-907-son Qonuni mazmun-mohiyati, unda belgilangan imkoniyatlar hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

📝 Tushuntirishlar jarayonida qonunchilikdagi yangiliklar va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.

✅ Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.