Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida amaliy ishlar izchil davom etmoqda
Gallery image 177983
Gallery image 177984
Gallery image 177985
Gallery image 177986
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
03 Iyul 2026
15:30

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan “Saxovat” MFYda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, aholiga ajratilgan kreditlardan foydalanish holatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Qo‘shimcha kredit ajratish bo‘yicha murojaat qilgan fuqaroning murojaati amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish davom ettirilmoqda.