Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 177943
Gallery image 177944
Gallery image 177945
Gallery image 177946
Gallery image 177947
Gallery image 177948
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
15 May 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 15-may ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q. O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati B. Suyunov tomonidan Otayurt mahallasi hududida amalga oshirilayotgan ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlarining borishi yuzasidan joyida nazorat o‘rganuvi olib borildi.
O‘rganuv jarayonida ko‘chalarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillariga ishlar samaradorligini yana-da oshirish, ta’mir ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur ishlar aholi murojaatlari va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning muhim qismi bo‘lib, kelgusida ham bu kabi nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.