Barcha yangiliklar
Kimyogar mahallasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Gallery image 177911
Gallery image 177912
Gallery image 177913
Gallery image 177914
Gallery image 177915
Gallery image 177916
Gallery image 177917
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
03 Iyul 2026
15:13

Kimyogar mahallasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Kimyogar mahallasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tashabbusi bilan Navoiy shahar Kimyogar mahallasi hududida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalla aholisi malakali shifokorlar va tor soha mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholining umumiy salomatlik holati o‘rganilib, qon bosimi, yurak-qon tomir tizimi, qandli diabet hamda boshqa kasalliklar bo‘yicha dastlabki tibbiy tekshiruvlar amalga oshirildi.

Ko‘rik jarayonida fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiya hamda maslahatlar berildi. Shuningdek, qo‘shimcha tekshiruv yoki davolanishga ehtiyoji aniqlangan fuqarolar tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘naltirildi.

Mazkur tashabbus aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.