Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 177865
Gallery image 177866
Gallery image 177867
Gallery image 177868
Gallery image 177869
Gallery image 177870
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
14 May 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 14-may ish rejasi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari Q. O‘tayev hamda B. Suyunov tomonidan Birlik mahallasi hududida joylashgan “Gulzor” madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish ishlarining holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida obyektda amalga oshirilgan qurilish ishlarida qator kamchiliklar va sifat talablariga to‘liq rioya etilmagan holatlar mavjudligi aniqlandi. Xususan, qurilish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan belgilangan texnik talablar va qurilish me’yorlariga muvofiq darajada bajarilmaganligi qayd etildi. Deputatlar tomonidan mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Shuningdek, mazkur masala deputatlik nazorati asosida doimiy kuzatuvda bo‘lishi ta’kidlandi.