Barcha yangiliklar
Tibbiyot muassasasida yozgi mavsumdagi faoliyat holati o‘rganildi
Gallery image 177813
Gallery image 177814
Gallery image 177815
Gallery image 177816
Gallery image 177817
Gallery image 177818
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
03 Iyul 2026
14:44

Tibbiyot muassasasida yozgi mavsumdagi faoliyat holati o‘rganildi

Tibbiyot muassasasida yozgi mavsumdagi faoliyat holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yozgi mavsumdagi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning qabul bo‘limi faoliyati, bemorlarni qabul qilish va davolash jarayonlari, tibbiy xizmatlarning tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, yozgi mavsumda yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni izchil yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.