Barcha yangiliklar
Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 177599
Gallery image 177600
Gallery image 177601
Gallery image 177602
Gallery image 177603
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
03 Iyul 2026
11:59

Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna tomonidan 14-Ziyokor saylov okrugi, Baxor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi. Jumladan, ijtimoiy masalalar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘naltirish va nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Mazkur ochiq muloqot fuqarolar muammolarini bevosita o‘rganish, ularning taklif va murojaatlarini tizimli ravishda hal etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.