Barcha yangiliklar





ATANAZAROV DONIYOR KUVANDIKOVICH
03 Iyul 2026
10:47
Uchrashuv
Xo‘jayli tumani Parvoz MFY aholisining murojaatlari asosida, tumanlik Kengashga O‘zLiDeP partiyasidan deputat A.Tadjimuratov hudud aholisi bilan uchrashdi. Fuqarolar hududdagi ichimlik suv sohasidagi muammo bo‘yicha deputatga murojaat qildi.
Deputat tomonidan ushbu muammo tegishli soha mas’ullari bilan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi va ushbu muammo deputatlik so‘rovi sifatida yetkazilishini hamda shaxsan o‘zi nazoratga olishini ta’kidladi.