Barcha yangiliklar
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
Gallery image 177477
Gallery image 177479
Gallery image 177481
Gallery image 177484
Gallery image 177486
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
03 Iyul 2026
10:42

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputat L. Niyozova o‘z okrugida joylashgan 16-oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida poliklinikada mavjud dori-darmon zaxiralari, ularning aholiga yetkazib berilishi hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasi mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.