Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 20359
Gallery image 20360
Gallery image 20361
Gallery image 20362
Gallery image 20363
Gallery image 20364
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
11 Dek 2024
17:21

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova tumandagi "Quduqsoy" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tinglashdi. Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, kontrakt, kredit olish, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.