Barcha yangiliklar
Kotibiyat
Gallery image 177332
Gallery image 177333
Gallery image 177334
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
03 Iyul 2026
09:59

Kotibiyat

📌 Tuman Kengashi faoliyati tahlil qilindi
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda viloyat Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Toshtemirov ishtirokida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tuman Kengashi faoliyatining samaradorligi va ish yuritish tizimi atroflicha tahlil qilindi.
Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
📂 Kotibiyat ishini toʻgʻri tashkil etish va hujjatlar bilan ishlash tizimi;
🤝 Deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy koʻmaklashish;
🏛 Hududiy muammolarni hal etishda Kengash ssenariylari hamda doimiy komissiyalar rolini oshirish.
Tahlil yakunlari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan oʻzaro tajriba almashilib, aniq tavsiyalar belgilab olindi.