Barcha yangiliklar
Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 177322
Gallery image 177323
Gallery image 177324
Gallery image 177325
Gallery image 177326
Gallery image 177327
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
03 Iyul 2026
09:50

Paxtakor tumanida ta'lim muassasalarining tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari X.Abduvoxidov va N.Sulaymonov tomonidan 9-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi hamda 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari joyiga chiqqan holda tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasalarda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sinf va guruh xonalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, belgilangan ishlarni sifatli yakunlash hamda tayyorgarlik jarayonini jadallashtirish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.