Barcha yangiliklar
Muammolar tinglandi, amaliy yechimlar belgilandi
Gallery image 177049
Gallery image 177050
Gallery image 177051
Gallery image 177052
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
30 Iyun 2026
00:00

Muammolar tinglandi, amaliy yechimlar belgilandi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj. Shaxmayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov Savrak mahallasida "Yettilik" a'zolari va mahalla faollari bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi OʻRQ–445-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi hamda murojaat qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar o'tkazildi.

🤝 Ochiq muloqot, fuqarolar fikriga hurmat va amaliy yechimlar — taraqqiyotning muhim omilidir.