Barcha yangiliklar
📍 Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 177030
Gallery image 177031
Gallery image 177032
Gallery image 177033
Gallery image 177034
Gallery image 177035
Gallery image 177036
Gallery image 177037
Gallery image 177038
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
30 Iyun 2026
00:00

📍 Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov shu oyda bo‘lib o‘tadigan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Pastki Krayit mahallasida joylashgan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘RQ–419-son Qonuni ijrosi, muassasada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar sessiyada ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.