Barcha yangiliklar
Mahalladagi islohotlar — amaliy natijalar e'tibor markazida
Gallery image 176993
Gallery image 176994
Gallery image 176995
Gallery image 176996
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
29 Iyun 2026
00:00

Mahalladagi islohotlar — amaliy natijalar e'tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandilar.

Tashrif davomida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi. Amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mahallalarda olib borilayotgan tizimli ishlar aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.